loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Malayziyaning UCSI universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

 Birinchi O‘zbekiston-Malayziya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida, Navoiy davlat universiteti va Malayziyaning UCSI universiteti rektorlari ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari xususida fikr almashdilar. Shundan so‘ng hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga muvofiq, har ikkala universitetda yil davomida “Guest lecturer” – “mehmon spiker” dasturi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar onlayn va oflayn tarzda dars mashg’ulotlari olib boradi. UCSI universitetida “Tesol” sertifikati kurslari mavjud bo‘lib, bu yo‘nalishda Navoiy davlat universiteti o‘qituvchilarini jalb qilish va ularga imkoniyatlar yaratib berish muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

UCSI universiteti — 1986-yilda tashkil etilgan xususiy universitet hisoblanadi. Talabalar soni 12 mingda ziyod. Mazkur universitet “Top-300” eng yaxshi universitet ro‘yxatidan o‘rin egallagan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir memorandum imzolash vaqtida ishtirok etib, ikkala rektor bilan hamkorlik masalalari yuzasidan suhbat qildilar.