Navoiy viloyatida oliy ta’lim muassasalari talabalari (qizlar) o‘rtasida gandbol (qo‘l to‘pi) bo‘yicha “Universiada-2024” sport musobaqalarining final bellashuvlari boshlandi. 11-15 dekabr kunlari davom etadigan ushbu yirik sport tadbirida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 182 nafar sportchilar g’oliblik uchun maydonga tushishadi.
Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov, vazirlikning hududiy boshqarma boshlig’i F.To‘xtayev, Sport boshqarmasi boshlig’i J.Murtozayevlar ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tilashdi hamda jamoalar murabbiylariga esdalik sovg’alarini tuhfa etdilar. Bu kabi sport musobaqalari nafaqat sportchilar o‘rtasidagi o‘zaro raqobatni, balki talabalar orasida do‘stlik, hamjihatlik va birlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.