loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida universitet jamoasi ishtirok etdi

  Navoiy shahridagi “Farxod” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Qomusimiz tasdiqlangan kun bilan tabrikladi. Asosiy Qonunimiz, undagi insoniylik, erkinlik va adolat tamoyillari to‘g‘risida gapirib o‘tdi. So‘ng madaniyat saroyi va O‘zbekiston Filarmoniyasi viloyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi ijro etildi. Tadbirda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talabalar ham ishtirok etdi.