Joriy yilning 12-noyabr kuni Yoshlar markazida Navoiy viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Hokim kubogi” uchun “Munozara-debat” intellektual turniri tashkil etildi. Quvonarlisi, Navoiy davlat universiteti jamoasi 3 (o‘zbek, rus, ingliz) tilda o‘tkazilgan munozara turnirida birinchi o‘rinni egallab, viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritdi.
Tanlovdan maqsad shuki, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobilyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda ham omad tilaymiz!