loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

 Uchrashuvda A.Muqimov yoshlarning aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish, mamlakatimiz va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlari va ommaviy-axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish, maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar oʻtkazish bo‘yicha talabalarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’naviyat va ma’rifat avvalo ilm maskanlari va mahalladan, oilalardan boshlanadi. Agar biz tarbiya, qadriyatlar qadrini oshirish, an’analarni saqlashni maqsad qilsak, albatta, o‘quv muassasalari targ‘ibot joyimizga, yoshlar kelajagiga e’tibor – asosiy ishimiz, maqsadimizga aylanishi shart, – dedi Navoiy viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi boshlig‘i A.Muqimov Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetlari yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.