loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetlarida yangi oʻquv yilining ilk kuni qizgʻin boshlandi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetida yangi oʻquv yilining ilk kuni qizgʻin boshlanib, talabalar katta tantanalar bilan kutib olindi. Marosim avvalida harbiy orkestr tomonidan jonli ijroda Davlat madhiyasi sadolari yangradi. Song talabalik hayotiga qadam qoʻygan tabalarni institut rektori, professor Muxiddin Kalonov qutlar ekan, soʻnggi yillarda mamlakatimiz taʼlim sohasini tubdan isloh qilish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi. Yoshlarni oliy taʼlimga qamrovini oshirib borish, zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida izchil siyosat olib borilayotgani, bu borada institutda sezilarli ishlar bajarilganini mamnuniyat bilan qayd etib, barchani yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.