loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat asosida imtihon bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 23-avgust kuni Navoiy davlat pedagogika institutida 2024/2025-oʻquv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat oʻtkazish jarayoni boshlandi.

Tasdiqlangan jadval asosida bakalavriatning Maktabgacha taʼlim, Jismoniy madaniyat, Pediatriya ishi, Davolash ishi ta’lim yoʻnalishlariga suhbat boʻlib oʻtmoqda.

Suhbat jarayoniga institutning malakali professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan pedagoglar jalb qilinib, abituriyentlarning tayyorgarligi munosib baholanyapti.

Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 17-son qarori (https://lex.uz/docs/-5818575) asosida oʻtkaziladi.

Imtihon jarayonlarini (https://nspi.uz/?page_id=21127) havola orqali online kuzatib borishingiz mumkin.