NavDPIda Germaniyaning “INSTITÜT FÜR DIE WELT DER TURKEN” ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Globallashuv davrida turkiy tillar integratsiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiyani Navoiy davlat pedagogika institutining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G’.Yodgorov ochib, mavzu yuzasidan fikrlarini bildirdi. Konferensiyada Ozarbayjon, Turkiya va Germaniyaning bir necha oliy o‘quv yurtlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi. Jumladan, Nuray Gunesh, Doktor Iloha Qurbonli, Salida Sharifova, Sevda Rustemova, Zulfiya Guliyeva, Shabnam Guliyeva, Narmin Tarlan Hasanova kabi chet ellik professorlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan chiqish qildi. Xuddi shuningdek, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori Yorqinjon Odilov hamda bir qancha respublikamiz OTMlaridan olimlar, mutaxassislar konferensiya qatnashchisi bo‘lishdi.