loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

UNIVERSITET HAQIDA

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi 455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabr PQ-378 qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini (keyingi o’rinlarda -Universitet) tashkil etish to’g’risidagi taklif ma’qullandi. Hozirgi kunda Navoiy davlat universitetida 11 ta fakultet, 27 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Universitetda 34 ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 18 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 9242 nafar, magistraturada 340 nafar, sirtqi bo’limda 7835 nafar, kechki bo’limda 1560 nafar, jami institut bo’yicha 18978 nafarni tashkil etadi.

Fan doktori, professorlar14%
Fan nomzodi, dotsentlar43%
Katta o’qituvchi va asistent o`qituvchilar76%
Ilmiy darajali professor-o’qituvchilar salmog’i35,2%

 

 Navoiy davlat universiteti (instituti) strukturasi (O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 8-noyabrdagi 493-sonli buyrug’i ilovasi bilan Navoiy davlat universiteti (instituti)Ustavi hamda 2023-yil tuzilmasi tasdiqlangan. Universitet (Institut) Ustavi belgilangan tartibda Navoiy shahar “Yagona darcha” markazining 2023-yil 28-sentabrdagi 2276710-sonli reestr bilan Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) quyidagicha shakllantirildi: Rektor, Universitet Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O`quv-uslubiy boshqarma, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi, Magistratura bo`limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi  bo`lim, Yoshlar bilan ishlash, mahnaviyat va ma`rifat bo`limi, Ilmiy tadqiqot va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi, Halqaro hamkorlik bo`limi, Tahririy-nashriyot bo`limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi, Reja-moliya bo`limi, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi, Xodimlar bo`limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, Devonxona va arxiv, Buyurtmalar portfelini shakllantirish. bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bo’limi, Navoiy davlat universiteti (instituti) tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirildi. Fakultetlar: (Fizika-texnologiya, Tabiiy fanlar, Tarix, O‘zbek tili va adabiyot, Rus va qozoq filologiyasi, San’atshunoslik, Maktabgacha va boshlang’ich talim, Jismoniy madaniyat, Tibbiyot, Matematika-informatika, Ingliz tili va adabiyoti). Universitetida to’liq shtat bo’yicha jami 483 nafar professor-o’qituvchilar ta`lim jarayonida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shundan, fan doktori, professorlar 32 nafar, fan nomzodi va dotsentlar 91 nafar, katta o’qituvchi va assistent o’qituvchilar 511 nafar  faoliyat ko`rsatishmoqda. Universitetida ilmiy darajali professor-oqituvchilar salmog’i 35,2% ni tashkil etadi.

Navoiy davlat  universitetida  o‘quv binolar soni – 8 ta (quvvati 7500 o‘rin), talabalar turar joyi – 4 ta (quvvati 1230 o‘rin), o‘quv aditoriyalar soni – 245 ta, laboratoriya xonalari soni 9 ta, kompyuter sinflari – 20 ta, sport zallar – 4 ta, ochiq turdagi sport maydonlari – 5 ta, oshxonalar soni – 3 ta, bufetlar soni – 1 tani tashkil etadi. Navoiy davlat universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va eng zamonaviy talablar darajasiga keltirish maqsadida zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya jihozlari, darsliklar va o‘quv uslubiy materiallar, xususan, elektron axborot-ta’lim resurslari, o‘quv adabiyotlari bilan doimiy ravishda yangilanib borilmoqda. Barcha o‘quv va talabalar turar joy binolari bugungi zamon talablariga mos ravishda zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari institutda kompyuterlar soni – 950 ta, vedioproyektorlar – 135 ta, printerlar soni – 390 ta, infokiosklar soni – 3 ta, Wi-Fi qurilmalar soni – 85 ta, elektron doskalar soni – 35 ta.

O‘quv jarayoni:

O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

Fakultetlar soni-11 ta

Kafedralar soni- 26 ta

Magistratura mutaxassisligi – 18 ta

Ta’lim shakllari:

  •  Kunduzgi – 9242-nafar talaba
  •  Sirtqi – 7835 – nafar talaba
  •  Kechki – 1560 – nafar talaba
  •  Magistratura – 340 – nafar talaba
  • Talim yo’nalishlari -34 ta

Moddiy-texnik ta’minot:

Navoiy davlat universitetida o‘quv binolar soni – 8 ta (quvvati 7500 o‘rin), talabalar turar joyi – 4 ta (quvvati 1230 o‘rin), o‘quv aditoriyalar soni – 245 ta, laboratoriya xonalari soni 9 ta, kompyuter sinflari – 20 ta, sport zallar – 4 ta, ochiq turdagi sport maydonlari – 5 ta, oshxonalar soni – 3 ta, bufetlar soni – 1 tani tashkil etadi. Navoiy davlat universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va eng zamonaviy talablar darajasiga keltirish maqsadida zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya jihozlari, darsliklar va o‘quv uslubiy materiallar, xususan, elektron axborot-ta’lim resurslari, o‘quv adabiyotlari bilan doimiy ravishda yangilanib borilmoqda. Barcha o‘quv va talabalar turar joy binolari bugungi zamon talablariga mos ravishda zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari universitetda kompyuterlar soni – 950 ta, vedioproyektorlar – 135 ta, printerlar soni – 390 ta, infokiosklar soni – 3 ta, Wi-Fi qurilmalar soni – 85 ta, elektron doskalar soni – 35 ta.

UNIVERSITET KO`RSATGICHLARI

0
Jami ta'lim oluvchilar
0
Kunduzgi bo’limida (bakavrlar)
0
Sartqi bo’limida (bakavrlar)
0
Kechgi bo’limida (bakavrlar)
0
Magistrantlar