loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Buyuk shoir va mutafakkir

  Navoiy viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, Navoiy viloyat hokimligi, Madaniyat boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Sanʼatshunoslik fakultetlarining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan birgalikda buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, gʻazal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlab “Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

    

Tadbir avvalida institut rektori, professor Bahodir Sobirov nutq soʻzlab, Navoiyning hayot va ijodi, qoldirgan boy maʼnaviy merosi haqida fikrlarini bildirdi.

Shundan soʻng Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining sahnalashtirilgan badiiy chiqishlari namoyish etildi, shoirning gʻazallari, sheʼrlaridan shohbaytlar oʻqildi.

     

Tadbir davomida Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalaridan iborat “Maqom ansambli” badiiy jamoasi tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.