loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Shoir Usmon Azim Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi

  Institutning faollar zalida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad adabiyot va she’riyatni uyg’unlashtirgan holda ikkila tushunchani talabalar ongiga to‘laqonli yetkazish va ularda Vatan ravnaqiga daxldorlik hissini uyg’otishdan iborat edi.

   

Ushbu mushoira kechasi Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor X. Qurbonovning kirish so‘zi bilan boshlandi.  X.Qurbonov yoshlar dunyoqarashi shakllanishida Usmon Azim hayot yo‘li va she’riyatining ahamiyati haqida o‘z mulohazalarini bayon etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodmonqul Salom, f.f.d. A. Xolmurodov  va boshqa ishtirokchilar she’riyatimizda alohida hodisa sifatida tan olingan Usmon Azim ijodining o‘ziga xosligi haqida so‘z yuritdilar.

   

Shundan so‘ng davra mehmoni bilan she’riyat shaydolari o‘rtasida qizg’in mushoira boshlandi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga shoir tomonidan yetarli javoblar berildi.