loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Ilm – fan va innovasiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o’rni» mavzusida ilmiy–amaliy seminar

   Navoiy davlat pedagogika institutida «INNOWOMENWEEK» – ixtirochi xotin-qizlarning innovasion haftaligi doirasida «Ilm – fan va innovasiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o’rni» mavzusida ilmiy–amaliy seminar bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar Davlat qo’mitasi Ilm fan va innovasiyalarni rivojlantirsh bo’lim boshlig’i prof. K.T.Norqulova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliq o’rinbosari Ra’no Barnaevna, Institut xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari va informatika kafedrasi hamkorlikda 28 aprel — «Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni” kuni munosabati bilan seminar o’tkazildi.

Ilmiy–amaliy seminarni o’tkazishdan asosiy maqsad – xotin-qizlarning innovasion loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo’llab–quvvatlash, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishga ko’maklashish, ularning faoliyatlariga innovasion yondashuvni joriy qilishdan iborat.

Seminarda dasturchi pedagoglar, doktorantlar, talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun ularni xalq ta’limi tizimida axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash masalalari muhokama qilindi,. Darslarni tashkil etishda virtual stendlardan foydalanish, oilalarda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan yoshlar uchun maxsus o’quv dasturlari asosida o’qitishni tashkil etish, maktab o’qituvchilariga ilmiy-metodik yordam ko’rsatish tizimini joriy qilish va maktabgacha ta’lim tizimi uchun «Aqlli bog’cha”, ta’lim jarayonida «Messenger»-telegrammlaridan foydalanish loyihalarining ham taqdimotlar o’tkazildi.

SHuningdek, seminar doirasida olima ayollar, doktorantlar va iktidorli talabalar ishtirokida ixtirolar uchun patent, EXM uchun dastur, foydali model va tovar belgisi olish masalasi bo’yicha davra suhbati ham bo’lib o’tdi.