loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy viloyatida yangi ilmiy-amaliy markaz ish boshladi

  Navoiy davlat pedagogika institutiga Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxa boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Dastavval, institut rektori Bahodir Sobirov Hindiston elchisi Manish Prabxa boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari: Arif Sayyid janoblari va Toshkent shahridagi Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chander Shekharlar bilan oliy taʼlim sohasida tajribalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

— Bugungi tashrifingiz doirasida ochiladigan Hind oʻquv markazi yoshlarimiz uchun ingliz va hind tillarini oʻrgatishda, hind tarixi va madaniyatini bilan yaqindan tanishishda oʻquv-metodik ahamiyat kasb etadi,— deydi institut rektori Bahodir Sobirov. — Akademik jihatdan esa oʻzbek va hind olimlarining ochiq va tematik leksiyalarini tashkil etishda, innovatsion hamkorlik doirasida, ilmiy seminar va konferensiyalarni tashkil etish va qoʻshma grantlar doirasida izlanishlar olib borish uchun muhim hamkorlik markazi boʻladi.

     

Muzokaralar yakunlangach, Hindiston ilmiy markazinig ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda NavDPI talabalari tomonidan Oʻzbekiston va Hindiston milliy raqslari namoyish qilindi. Shuningdek, elchixona tomonidan ilmiy markazga smart televizori bilan birga, 50 dan ortiq falsafiy, tarixiy va madaniy kitoblar, 15 dona Hindiston arxitekturasini aks ettiruvchi kartinalar taqdim etildi.