loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Texnologik ta’lim kafedrasi

F.I.O.Ochilov Shokir Baxtiyorovich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvoniP.f.b.f.d. (PhD) dotsent
Telefon:+998 94 225 - 77- 99
E-mail:info@nspi.uz
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

Navoiy davlat pedagogika instituti, “Texnologik ta’lim” kafedrasi 2021-yil sentyabr oyida tashkil etildi. Kafedrada 9 nafar professor-o‛qituvchi faoliyat olib bormoqda, shundan, 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 3 nafar o‘qituvchi. Kafedrada professor-o‛qituvchilar tomonidan reja asosida darsliklar, o‛quv qo‛llanmalar va o‛quv-uslubiy qo‛llanmalar, maqolalar chop etilmoqda. Kafedraga 2021-yil  4-oktyabr oyidan boshlab p.f.b.f.d. (PhD) dotsent Sh.B. Ochilov rahbarlik qilmoqda. 2023-2024-o’quv yilida 70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo’yicha magistratura ochildi.

Sunggi ikki yil ichida Texnologik ta’lim kafedrasiga qarashli 60112300-Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari “Texnologiya ta’limi praktikumi” fani va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari” fani laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun  10 dona tikuv mashinasi 5 dona overlok va 4 dona dazmol “Islom taraqqiyot banki” hisobidan olib kelindi. “Metall va matallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi” fani va “Materialshunoslik va konstruksion materiallar” fani “Metallarni kesish ishlash, kesuvchi asbob va stanoklar” lari uchun “Islom taraqqiyot banki” hisobidan 4 dona metallarga ishlov beruvchi stanoklar va 5 dona yog’ochga ishlov beruvchi stanoklar va bir qancha kichik asbob va uskunalar olib kelindi. “Robototexnika asoslari” fanidan yangi zamonaviy “Arduino” jamlanmasi olib kelindi. Ushbu qurilmalarning barchasi zamonaviy texnologiyalar hisoblanib dars mashg’ulotlarida unumli foydalanib kelinmoqda.

Kafedra professor o’qituvchilar 2021-yildan buyon qayidagi adabiyotlar kafedra professor-o’qituvchilari hammuallifligida chop etib kelinmoqda. O.E.Eshniyozov, P.X.Bobomirzayev, Z.R.Bobokulov, Sh.B.Ochilovlar tomonida “Qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi” nomli o’quv qo’llanma, O.X.Ataullayev, B.Nematov, Sh.B.Ochilovlar tomonidan “Texnik mexanika fanidan laboratoriya ishlari” nomli o’quv qo’llanma, O.X.Ataullayev tomonidan “Гидравлика және гидромашиналар пәнінен зертханалық жұмыстар” nomli darsligi, O.X.Ataullayevning “Gidravlika va gidromashinalar fanidan misol va masalalar” nomli o’quv qo’llanma, Sh.B. Ochilov, A.A.Sharipovlar tomonida “Texnologiya taʼlimi metodikasi” (Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish) nomli o’quv qo’llanma, O.X.Ataullayev tomonidan “Gidrovlika va gidromashinalar” nomli o’quv qo’llanma, F.B.Mardonova tomonidan “Mexatronika va avtomatlashtirilgan tizimlar” nomli darslik, Yu.I.Mavlonova tomonidan “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli o’quv qo’llanma, I.R. Kamolov, B.T.Bisenova, B.F. Izbosarov, G.I.Kuralova, X.K.Artiqov, A.B.Oralbayevlar tomonidan “Жалпы физика” (Молекулалық физика) nomli darsligi, B. Nematov, Sh.B. Ochilov, A.A.Sharipov, S.T.Usmonovalar tomonidan “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” nomli o’quv qo’llanmasi, SH.B.Ochilov, B.R.Zaripov, M.S. Shamsiyevlar tomonidan “Qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi” nomli darsligi chop etilgan. Ushbu adabiyotlar institut “Axborot resurs markazi”ga topshirilgan. 60112300 – Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari va o’qituvchilari dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarida foydalanib kelmoqda.

2024-yil Ataullayev Odil Xasanovich “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtososligi bo’yicha professorlik diplomini oldi.

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari rejasi tuzib olingan va shu reja asosida amalga oshirilmoqda. “Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi A.A.Sharipov p.f.b.f.d. (PhD), dotsent Sh.B.Ochilov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) ixtisosligi bo‘yicha “Integrativ yondashuv asosida umumta‘lim maktabi o‘quvchilarini intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi (Texnologiya fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
“Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Yu.I.Mavlonova p.f.d., akademik. X.I.Ibragimov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) iqtisosligi bo’yicha «Texnologiya darslarida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini axborot texnologiyalari» yordamida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Texnologiya fani misolida)» mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. “Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi M.S.Shamsiyev dots. Sh.B. Ochilov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) iqtisosligi bo’yicha “Umumta’lim maktab o’quvchilariga bog’dorchilik ekinlarini tomchilatib sug’orish texnologioyasini o’qitish metodikasi” (Texnologiya fani misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Texnologik ta’lim” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi S.N.Hamroyeva prof. B.F.Izbosarov rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) iqtisosligi bo’yicha “Bo’lajak fizika fani o’qituvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini STEM ta’lim dasturi asosida rivojlantirish” (Pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Bakalavriat:

  • Metall va matallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi
  • Gazlamalarga ishlov berish praktikumi
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar
  • Gazlamalar materialshunosligi
  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
  • Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari
  • Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash
  • Robototexnika asoslari
  • Texnologiya ta’limi metodikasi
  • Texnik mexanika
  • Metallarni kesish ishlash, kesuvchi asbob va stanoklar
  • Gidravlika va gidromashinalar
  • Kasb hunarga yo’naltirish
  • Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish
  • Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
  • Mahsulot tayyorlash texnologiyasi
  • Serviz xizmati
  • Qishloq xo’jaligi ishlarini tashkil etish texnologiyasi
  • Xalqaro baholash asoslari (ECTS 4)
  • Mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi

Magistiratura:

  • Kasbga yo’naltirish diagnostikasi
  • Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi
  • Texnologik madaniyat va kompetentlik asoslari
  • Texnologik ta’lim prognostikasi
  • Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar
  • STEAM va SMART ta’lim texnologiyasi
  • Ixtirochilik asoslari
  • Kreativ pedagogik texnologiyalar
  • Ochilov Shokir Baxtiyorovich – p.f.b.f.d. (PhD) dotsent, kafedra mudiri
  • Ataullayev Odil Hasanovich – t.f.n., professor
  • Ne’matov Baxrom – t.f.n., dotsent
  • Bisenova Baxt Tobakabulovna – dotsent
  • Mavlonova Yulduz Ilhomovna – v.b. dotsent
  • Hamroyeva Sevara Nasriddinovna – v.b. dotsent
  • Sharipov Abdumalik Axmadovich – o‘qituvchi
  • Mardonova Feruza Babakulovna – o‘qituvchi
  • Ismoyilov Diyorbek Bektemir o‘g‘li – o‘qituvchi
fan doktori, professorlar11%
fan nomzodi, dotsentlar33%
Katta o’qituvchi va assistent o`qituvchilar5
Kafedra bo‘yicha ilmiy salohiyat: 44,4%