loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Zamonaviy oliy ta’lim tizimi:muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

   Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida  “Zamonaviy oliy ta’lim tizimi:muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Unda institut  rektori, texnika fanlari doktori professor B.B.Sobirov, Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori I.B.Nasriddinov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor N.O.Safarova, Navoiy davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining barcha o`qituvchilari, magistr va doktorantlar qatnashdilar. Konferinsiya quyidagi seksiylar asosida tashkil etildi:1.Fan va akademik ta’lim sifatini oshirishda innovatsiya va raqamli texnologiyalarning o`rni. 2.Markaziy Osiyo xalqlari ilmi-madaniy merosi: zamonaviy ilmiy va innovatsiyon yondashuvlar. 3.Aniq tabiiy fanlar o`qitilish sifatini takomillashtirishda innovatsiyalarning o`rni. 4. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning akademik sifatini oshirishning dolzarbligi. Tadbirni institut rektori B.B Sobirov ochib berdi. Yig`ilganlarni, ilmiy anjumanga tashrif buyurganlarni anjuman bilan qutlab ma’ruza qildilar. Innovatsion ta’limning bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o`tdilar.  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Nasriddinov I. B so`zga chiqib fanning rivojlanishi bunda ta’limning o`rni haqida so`zlab Navoiy davlat pedagogika institutidagi olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va keng ko`lamda o`tkazilayotgan konferinsiya ham buning yana bir misoli ekanligini aytib o`tdilar . Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Safarova Nigora Olimovna “Jamiyat va universistetlar” nomli ma’ruzasi bilan chiqish qildilar. Dunyo bo`yicha institut va universistetlarning tarkibi, ularning ishlash strukturasi va inson manfaatlariga xizmat qilish darajasini yoritib o`tdilar. “Profi University” Navoiy shahar filiali rektori Filippov Olgred Aleksandrovich “Jamiyatni raqamlashtirish va globallashuv sharoitida oliy ta’lim konsepsiyasining dolzarbligi” mavzusidagi ma’ruzasida bugungi kunda raqamlashtirishning ta’lim samaradorligiga ta’siri, oliy ta’limda onlain prezintatsiyalar, onlain tetslarning olinishi, shu qatorda elektron pochta, onlain platformalarning barcha qulayliklari bosqchma-bosqich aytib o`tildi. Talabaga onlain ta’lim har tomonlama qulayligi bayon qilindi. Zoom platformasi orqali falasafa fanlari doktori professor, Sank-Peturburg shahridagi Yevroosiyo parlamenti Assambleyasi huzuridagi universistetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, Geosiyosiy masalalar Akademiyasi a’zosi Plebanik Olga Vasilevna “Raqamlashtirishning gumanitar muammolari”, I.P. Shemyakin nomidagi Mozri davlat pedagogika universiteti rektori (Belorus) Navnko Valeriy Noikolaevich “Oliy ta’lim tizmida umuminsoniy qadryatlar”, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti “Falsafa” fafedrasi mudiri Sapanov Meyrxan Jantaevich “Markaziy Osyo xalqalari ilmiy-madaniy merosi: Zamonaviy ilmiy va innovatsion yondashuvlar”, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ziyodov Shovosil Yunusovich “Markaziy Osiyo kutubxonalari tarixidan” Myunxen (Gernmaniya) badiiy maktabi va animatsiya studiyasi rahbari Churikova Alla “Ijodiy oliy ta’lim, ijodiy fakultetlarning ta’lim jarayonida kreativlik: Germaniya misolida qiyosiy tahlil”, AQSh Xofstra universisteti professori, tarix fanlari doktori, YUNESKOning Jahon hujjatli ilmiy merosini muhofaza qilish qo`mitasi a’zosi Karimov Elyor Erikovich “Oliy ta’limda gumanitar fanlarning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildilar.

Barcha shu’balarda ma’ruzachilar o`zinng ilmiy maqolasida ilgari surgan fikri, hozirgi kunda fan sohasidagi turli muammolar, maqolaning dolzarbligi va unga yechimini ilmiy dalillab berdilar. Ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan ma’ruzachilarga murojaat qildi va barcha savollarga ma’ruzachilar to`liq javob berdilar. Tadbir yakunida tashkilotchi, moderator S.N.Olimovna tadbirdagi faol ishtiroki uchun barchaga o`z minnatdorchiligini aytib o`tdilar va bu konferinsiya ham ilm-fan rivojiga samarali hissa qo`shadigan manfaatli tadbirlardan biri bo`lganligini ta’kidladilar.