loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Zamonaviy metodologiya kontekstida islom-madaniy va falsafiy merosi» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman

   Joriy yilning 27-may sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi tashabbusi bilan «Zamonaviy metodologiya kontekstida islom-madaniy va falsafiy merosi» mavzusida Xalqaro konferensiya o’tkazildi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyaga respublikamizning o’nlab oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, dunyoning turli mintaqalaridan 30 dan ortiq olimlar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

   

Ushbu konferensiyada Muxtor Avezov nomidagi Qozog’iston davlat universitetining bir guruh professor-o’qituvchilari: Sapanov Meyrxan, kafedra dosentlari Yesimova Anorkul, Ibraeva Nurilyalar offlayn tarzda ishtirok etishdi. Shuningdek, Tojikistonning Panjikent shahridagi Tojikiston pedagogika instituti prorektori Shodmon Vohidov «Musulmon elitasining tabaqalanishi va ularning ijtimoiy-siyosiy imtiyozi» mavzusida offlayn ma’ruza qildi.

 

Konferensiyada shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Ziyodov Shovosil «Islom manbalarida tinchlik va barqarorlikning g’oyaviy asoslari», Malayziya boshqaruv va ta’lim universiteti Biznes boshqaruvi va akademik kasbiy ta’lim fakulteti dekan o’rinbosari Doktor Jaizax Osman «Malayziyada islomiy kredit va uning o’ziga xos xususiyatlari», Lal Baxadur Shastri nomidagi Hind madaniy markazi direktori Chander Shekxar «Naqshbandiya sufiylik tariqatining insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etishdagi o’rni», O’zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri Maxmudova Guli Tilabovna «Hoja Abdulloh Ansoriyning sufiylik falsafasi», Milliy universitet kafedra mudiri Madaeva Shaxnoza «O’zbekistonda islom teologiyasi va rasionalizimning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy ahamiyati», AQSH Xofstra universiteti professori Karimov Elyor «Markaziy Osiyoda ziyorat an’analari», I.P.SHemyakin nomidagi Mozir davlat pedagogika universiteti rektori Navniko Valeriy Nikolaevich «Islom va xristianlikda shaxsning axloqiy madaniyati: umumiylik va xususiylik», AQSH Michigan universiteti Islom tadqiqotlari professori Knish Aleksandr «Qur’on va Tasavvuf», Qohira universiteti professori Ubayd Muhammad «Islomda bag’rikenglik falsafasi», M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universiteti «Falsafa» kafedrasi mudiri Sapanov Meyrxan Jantaevich «Markaziy Osiyoda islomning etnomadaniy asoslari» mavzularida olimlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.