Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi PQ-125-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida otashin shoir va dramaturg Usmon Nosir tavalludiga 110 yil to’lishi munosabati bilan “Yurak, sensan mening sozim…” nomli ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Unda shoir ijodining barcha qirralari O’zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o’qituvchilari tomonidan chuqur tahlil qilindi. Tadbirda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Usmon Nosir men – sevgan shoir”, ”Usmon Nosir ijodida inson qalbi manzaralarining aks ettirilishi”, “Usmon Nosir–lirik shoir” mavzularidan insho yozib, natijalarga erishgan talabalarni taqdirlash uchun Navoiy viloyati Mahalla xayriya jamoat fondi raisi Faxriddin Soliyev ushbu fond tomonidan ta’sis etilgan mukofotlarni o’z egalariga topshirdi. Shuningdek, talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Unutmas meni bog’im” kitobxonlik bellashuvi g’oliblari taqdirlandi.