Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi tomonidan yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, tarixiy obidalarga onlayn sayohatlar uyushtirish maqsadida top 50 ta badiiy asar, top 55 ta tarixiy-me’moriy obida, top 10 ta kino va top 10 ta teatr sahnasi multimedia infografikasi ishlab chiqildi.
Ushbu infografikada har bir yo‘nalish bo‘yicha maxsus QR-kod tasviri tushirilgan bo‘lib, 50 ta badiiy asarlarni o‘qish, 55 ta tarixiy obidalarga borish uchun manzilli joylashuv, madaniy hordiq chiqarish uchun 10 ta milliy kinolar va 10 ta dolzarb mavzudagi teatr sahna asarlarini ko‘rish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, Markazning oyina.uz portalida ushbu infografika ma’lumotlari asosida faol qatnashgan yoshlarni rag‘batlantiruvchi tanlovlar tashkil etib borilmoqda. Jarayonda faol qatnashing va yutuqqa erishing!