loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YOSHLIK BU ORZU, ISHONCH, JASORATGA INTILISH, KELAJAKKA TUZILGAN ULKAN REJALAR DEMAKDIR

 Navoiy shahri Yoshlar markazi binosida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Viloyat rahbari Normat Tursunov uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollari, taklif va muammolarini tingladi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Xususan, kelgusi yilda viloyatda “Hokim kubogi” uchun erkaklar va ayollar oʻrtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.

2024-yilda viloyatda yoshlarni xorijiy tillarga qiziqtirish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xalqaro imtihon tizimlarida yuqori (7,5 va undan yuqori) natijaga erishgan 3-4 kurs talabalarining  30 nafari  “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.

Mahallalardagi uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga “oylik maoshining 50 foizi” miqdorida “Hokim ustamasi” joriy etiladi.