Joriy yilning 24-mart kuni institutining Tarix fakultetida 2-kurs talabalari ishtirokida “Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida fakultet tyutorlari bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etishi xususida fikr bildirishdi. Talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib davra suhbati qizg’in bahs-munozara tarzida o’tkazildi.