Har bir o‘quv yili davomida institutimiz ta’lim jarayoniga xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarni qisqa va uzoq muddatga soha yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini olib borish hamda mutaxassislarni jalb etish ishlarini tashkil etish maqsadida 15,17-noyabr kunlari “Fizika-texnoloiya” fakulteti talabalariga Rossiyaning Sankt Peterburg davlat pedagogika universiteti dotsenti A. Komarov ma’ruza darslari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tib berdi. “Rossiyada ham talabalarga bunday imkoniyatlar yaratilmagan. Men yoshlaringiz aql-zakovatiga, kuch-g‘ayratiga, kelajakka bo‘lgan ishonchiga, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatiga, to‘g‘risini aytsam qoyil qoldim. O‘zbekistonga birinchi marta 1988-yilda kelganman, bugungi O‘zbekiston hayratlanarli darajada o‘zgargan, gullab yashnagan. “Texnologik ta’lim” talabalari tayyorlagan osh shunchalik chiroyli va mazzali bo‘lganki yeb tuymaysan kishi. Yashirib nima qildim bunaqa shirish palovni birinchi marta tanavul qildim…”-dedi Rossiyaning Sankt Peterburg davlat pedagogika universiteti dotsenti A. Komarov.