loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 25-bandida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi belgilangan.

Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 23-24-25-yanvar kunlari profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Unda Navoiy viloyati prokuraturasi, Navoiy shahar IIB, Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari, institut prorektorlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda professor-oʻqituvchilar va 580 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir ishirokchilariga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsion holatlarning har qanday shakliga jazoning muqarrarligi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli bandlari bo‘yicha sharhlar va korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi xususida tushunchalar berildi.