loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni 25-bandida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi belgilangan.

Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida NavDPI Akademik litseyida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, Navoiy viloyat prokuraturasi tergovchisi N.A.Jumanazarov, Navoiy shahar IIB xodimi B.B.Qutliyev, Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi xodimi B.Xolmurodov hamda NavDPI akademik litseyi oʻqituvchilari va 150 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishirokchilariga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsion holatlarning har qanday shakliga jazoning muqarrarligi va unga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi xususida tushunchalar berildi.