Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Sarmishsoy darasida “Yoshlar turizmi: milliy madaniyat va etnosport” yoshlar turizm festivali tashkil etildi.
“Yoshlar turizmi: milliy madaniyat va etnosport” yoshlar turizm festivalining birinchi kuni — Sarmishsoy darasida tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Unda so‘zga chiqqan OTMlari birinchi prorektorlari hamkorlikda tashkil etilgan mazkur loyihani mohiyati, maqsadi haqida fikrlarini bildirishdi.
So‘ng, navbat qiziqarli oʻyinlar hamda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari musiqiy chiqishlar qildi. Yoshlar turizm festivalining ikkinchi kunida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida boʻlishdi.
Shundan so‘ng festivalning keyingi manzili Oqtepa turistik maskani bo‘ldi. Institut jamoasi mazkur sayilgohning oʻziga xos tabiati bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida OTMlari jamoalari ishtirokida “Men baxtliman” psixologik-trening o‘tkazildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari vakillarining navbatdagi manzili Nurota tumanidagi “Chashma” tarixiy-yodgorlik majmuasi bo‘ldi.