Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga yanada keng jalb etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion hamda “startap” loyihalar bo‘yicha qiziqishlarini oshirish maqsadida “Yoshlar akademiyasi forumi” tashkil etildi.
Forumda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i F.To‘xtayev, viloyat yoshlar texnoparki direktori A.Abdug‘aniyevlar ishtirok etib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, “Start-up” loyihalar, ilmiy va innovatsion ishlanmalar bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Shuningdek, iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Forum davomida bir guruh loyihalar egalari taqdirlandi.