Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining voyaga yetmaganlar, xususan, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash, liderlik xususiyatlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida 11-oktyabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida “Qizlarjon” klubining Respublika forumi doirasida “Yosh izlanuvchi, iqtidorli talaba-qizlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir dasturida San’atshunoslik, O‘zbek tili va adabiyoti hamda Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetlari professor-o‘qituvchilari, talabalari tomonidan qoʻl mehnatidagi yaratuvchanlik ko‘rgazmalari, raqslar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.