Respublikamizda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy davlat universiteti talabalari va jamoasi ishtirokida Navoiy shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, O‘zbek tili va adabiyoti hamda Fizika-texnologiya fakultetlari talabalari, shuningdek, talabalar turar joylarida o‘tkazilgan tadbirlarda amaliy ko‘rgazmada mutaxassislar tomonidan talabalarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositasining ishlatilishi, yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir talabalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, is gazi, yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq bilimlarini rivojlantirish, shuningdek, talabalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida mas’uliyat hissini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.