Mamlakatimizda daraxt ekish, yerni obod qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson yerning go‘zalligini nafaqat asrab avaylashi, balki uning yanada gullab yashnashi uchun o‘z hissasini qo‘shmog‘i darkor. Atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarini bus-butun yetkazish, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo‘shish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Atrof muxitni muxofaza qilish, tabiatni, ekin va daraxtlarni asrab avaylash oldimizda turgan muxim vazifalardan biri xisoblanadi… Kuzda ko‘chat o‘tqazish bahordagidan ko‘ra qulayroq, chunki bu davr uzoqroq davom etadi. Kuzda o‘tqazilgan ko‘chatlarning ildizida qish davomida kallyuslar paydo bo‘ladi. Ular bahorda yaxshi tutib, tezroq o‘sa boshlaydi. NavDU “Fizika-texnologiya” fakultetida ham kuzgi ko‘chat ekish tadbirlari 3-sonli TTJ atrofida tashkil etilib, turli mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi. “Bugungi kunda har birimiz “Yashil makon” umummilliy tadbiri doirasida daraxt ekib, ko‘chat o‘tqazib, o‘zimiz yashab turgan shaharu qishlog‘imizni, mahallamizni obod qilishda faol bo‘lishimiz lozim…”-fakultet dekan o‘rinbosari M.Shamsiyev.