loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yaratilayotgan imkoniyatlar-yoshlarga ko’mak

   Bugungi kunda hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi, o‘sib-ulg‘ayishi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, o‘zining qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Holbuki, sog‘lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beradi.

 
Shu maqsadda, Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida ham yoshlarni har tomonlama yetuk ta’lim olishi bilan birgalikda sport bilan shug’ullanishlari uchun ham sharoitlar yaratib kelinmoqda. 24-aprel kuni NavDPI yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha birinchi prorektor X.R.Qurbonov fakultetga tashrif buyurib, yoshlarga yaratilgan imkoniyat va qulayliklar bilan tanishdi. Talabalar bilan suhbat qilib, o’z tavsiya va maslahatlarini berdi. Talabalar ham bunday sharoitlardan mamnunliklarini hamda rahbariyatga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.