loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Navoiy davlat universiteti hamda Turkiyaning Anadolu universiteti o‘rtasida ilk bor Erasmus+ KA 171 ICM loyihasi yo’lga qo’yildi

Erasmus+ KA 171 ICM loyihasida ishtirok etish, bu ta’lim tashkilotlarning salohiyatini, jozibadorligini va xalqaro ko‘lamini oshiradi. Shuningdek, bu loyiha oliy ta’lim muassasalarining xalqarolashtirish strategiyasiga muvofiq, Yevropa va boshqa davlatlarda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar mobillik loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashadi. Erasmus+ KA 171 ICM loyihasi ishtirokchilarga asosiy bilim va ko’nikmalarini, kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash va madaniyatlararo hamkorlikni boyitishga yordam […]

Universitetda tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

Xabar berganimizdek, Navoiy davlat universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Doktorantura bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni esa 52 ta boʻlib, shundan 1 tasi maqsadli tayanch doktorantura, 46 tasi tayanch doktoranturaga (PhD), va 5 tasi doktorantura (DSc) ga ajratilgan. Universitet tomonidan jarayonlar ochiq, oshkora va adolatli o‘tkazilishi ta’minlangan […]

“Antikorrupsiya bilimdoni” tanlovining universitet bosqichi, 1 va 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizmini boshqarish bo’limi tomonidan “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Antikorrupsiya bilimdoni» bilimlar bellashuvi o’tkazildi. Dastlab bellashuvni “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i B.Toshmamatov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova, yoshlar yetakchisi A.Zokirovlar ishtirok etib, tanlov haqida ma’lumot berishdi. […]

Antikorrupsiya bilimdoni – saralash bosqichi

 Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi bilimlar bellashuvining saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Bahslarda “Fizika-texnologiya” fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. “Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini mustahkamlashdir. […]

“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli ilmiy-ma’rifiy ko’rik-tanlovi

“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovida “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni Fizika-texnologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, t.f.d. (DSc), professor Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna hamda “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Ravshanova Gulhayo Azamatovnalar qo‘lga kiritganligi munosabati bilan universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi chin dildan tabrillaydi.   

Universitet xalqaro reytingda “Reporter” maqomida e’tirof etildi

21-noyabr kuni xalqaro reytinglar sohasida yetakchi tashkilotlardan biri bo‘lgan Times Higher Education va “Schmidt Science Fellows” jamg‘armasi ilk bor “Interdisciplinary Science Rankings” (Fanlararo ilmiy reyting) natijalarini e’lon qildi. Navoiy davlat universiteti ishbu reytingda “Reporter” maqomiga ega bo‘ldi va dunyoning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari orasida o‘z o‘rnini mustahkamladi! Reytingdan asosiy maqsad — oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi […]

Universitetda tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) imtihon jarayonlari boshlandi

  2025-yil uchun Navoiy davlat universitetiga oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha jami 132 nafar talabgorlar onlayn hujjat rasmiylashtirgan. Ajratilgan kvotalar soni esa 52 ta boʻlib, shundan 1 tasi maqsadli tayanch doktorantura, 46 tasi tayanch doktoranturaga (PhD), va 5 tasi doktorantura (DSc) ga ajratilgan. Universitet tomonidan jarayonlar ochiq, oshkora va adolatli o‘tkazilishi ta’minlangan […]

O‘quv seminar bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi 

21-noyabr kuni Poytaxtimizda Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari hamda “Qalqon” jamoasi a’zolari uchun uch kunlik o‘quv-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. Tadbir orqali ishtirokchilarning kelgusida talaba-yoshlar uchun giyohvandlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarning […]

“Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchi va tarbiyalanuvchilari uchun ehson oshi berildi

 “13-noyabr Butun jahon ko‘zi ojizlar kuni” va “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Tarix kafedrasi o‘qituvchisi Mirsaid Jalilov hamda Jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabalari birgalikda Navoiy shahridagi Ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab internatida tadbir tashkil etilib, bolajonlarga bayram kayfiyati va milliy taomimiz — osh ulashildi.

Talabalarga favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida tushuntirish berildi

2024-yilning 15-noyabr kunidan 2024-yilning 15-dekabr kuniga qadar “Yong’in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoda. Butun respublikamiz bo‘ylab o‘tayotgan “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot tadbirlari, profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navoiy davlat universitetida ham shunday tadbirlar o‘tkazilib borilmoqda. Xususan, yaqinda universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida “Is gazi” […]