loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

MBT fakulteti talabalaridan anonim so‘rov olindi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan korrupsiyani oldini olish, ta’lim sifatini o’rganish maqsadida Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalaridan anonim so‘rovnoma olindi. Profilaktik tadbir davomida talabalar ishtirokida “BIZNING OLIYGOHDA KORRUPSIYAGA O’RIN YO’Q!” shiori ostida chellenj o’tkazilib, ularga bo’lim faoliyati yaqindan tanishtirildi hamda ishonch telefon raqamlari (+99893 460-77-55, […]

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari institutning zamonaviy tipdagi kampusi qurilishi bilan tanishdi

 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Navoiy davlat pedagogika institutining zamonaviy tipdagi yangi kampusi qurilishi bilan tanishdi. Vazir oʻrinbosari yaqinda boshlangan qurilish ishlari bilan tanisharkan, ushbu yangi makon talabalar, professor-ustozlar, qolaversa, viloyat aholisi va butun Respublikamiz uchun ham chinakam maʼnoda oʻzgachalagi, jozibadorligi, jahon standartlariga toʻliq mos va oʻziga […]

Ona tilimizni har qancha ardoqlasak, ulug‘lasak arziydi

  Til va nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelgan. Til-millatning ruhi, til o‘lsa, millat ham tamom bo‘ladi. Shunday bir buyuk ehtirom va e’zozga sazovor bo‘lgan tillarning kechmishi bir xil emas, albatta. Bugun Ona tilimizning qadri, qimmati tiklangan, maqomiga yarasha darajaga ega bo‘lgan kun. Tilimizning bugunga qadar omon-eson kelishining asosiy […]

Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilindi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Madaniyat vazirligi hamkorligida Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilindi. Nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Ilmiy maqolalar quyidagi 5 ta yo‘nalishda […]

Talabalardan anonim so‘rov olindi

Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan korrupsiyani oldini olish, ta’lim sifatini o’rganish maqsadida Tarix hamda O’zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalaridan anonim so’rovnoma olindi. Shuningdek, profilaktik tadbir davomida talabalar ishtirokida “BIZNING OLIYGOHDA KORRUPSIYAGA O’RIN YO’Q” shiori ostida chellenj o’tkazilib, ularga bo’lim faoliyati yaqindan tanishtirildi hamda ishonch telefon raqamlari […]

“Tariximsan, taqdirimsan, onajon tilim!” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi

  1989-yil 21-oktabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan talabalarda davlat tiliga nisbatan iftixor, hurmat, oʻzbek tilini yaxshi bilishga targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan “Tariximsan, taqdirimsan, onajon tilim!” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir oʻzgacha ruhda va koʻtaringi kayfiyatda oʻtkazildi. Badiiy-adabiy kechada Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan […]

Xalqaro anjumanda raqamlashtirishning global masalalari va ularning yechimlari haqida ilmiy mulohazalar qilindi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti tashabbusi bilan “Taʼlimda zamonaviy raqamli texnologiyalar: muammo va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Mazkur anjuman ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etilishining dolzarb masalalari, muammo va yechimlariga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Konferensiyada ta’limni raqamlashtirishning global masalalarini ijobiy hal etishning nazariy jihatlari ko‘rsatib berildi. Ushbu masalalarni muhokama etishda anjumanda […]

Navoiy shahridagi hazrat Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat faollari, tilshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, tashkilot va muassasalar jamoalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol qatnashib, Alisher Navoiy haykali […]

“Huquq maktabi” — huquqni oʻrganishda sizning shaxsiy yordamchingiz

 Avvalo, smartfoningizdagi App Store yoki Play Market-ni oching. Qidiruv qatoriga «Huquq maktabi» deb yozing va ilovani yuklab oling. Oʻrnatgandan soʻng, ilovani ishga tushiring va «Akkaunt yaratish» tugmasini bosing. Telefon raqamingizni kiriting va «Davom etish» tugmasini bosing. Sizga SMS orqali tasdiqlash kodi yuboriladi — uni tegishli maydonchaga kiriting. Endi shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻldiring. Faoliyat sohasini va maʼlumotingizni […]

Jismoniy madaniyat fakultetida viloyat YHXB hamkorligida profilaktik tadbir o‘tkazildi

  Navoiy viloyati IIB YHX boshqarmasi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish guruhi katta inspektori leytinant D.Isroilova Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga profilaktik davra suhbati olib bordi. Suhbatda avtomashinada yo‘l harakati xavfsizligiga amal qilish, piyodalarni yo’llarda harakatlanish tartibi, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlar keltirib chiqaradigan ayanchli oqibatlar tushuntirildi. Sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatga […]