loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Talabalar uyida intellektual munozara: “Zakovat” o‘tkazildi

Navoiy davlat universitetida talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli tanlov va tadbirlar orqali yangi iqtidor va iste’dodlarni kashf qilish an’anaga aylangan. Ayni shu maqsadda universitet tasarrufidagi 1-sonli talabalar turar joyida talaba yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Zakovat” bellashuvi o‘tkazildi. Ushbu intellektual turnir barcha talabalar turar joylarida sinxron tarzda olib borilmoqda.

Tarix fakulteti talabalari tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar

Talaba yoshlarni hududlarimiz tarixi va ajdodlarimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida Tarix fakulteti tyutorlari va talabalari Karmana tumanida joylashgan Mir Said Bahrom maqbarasi, Motamsaro ona haykali hamda Qosim Shayx masjidiga sayohat qildilar. Ekskursiya davomida talabalar obidalarning noyob arxitekturasi, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati kabi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.  

Prezident topshirig’i jamoaga yetkazildi

Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov rahbarligida prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig’ilish o‘tkazildi. Kun tartibidan o‘rin olgan birinchi masala — Muhtaram Prezidentimizning Navoiy viloyatiga tashrifi chog’ida 2025-yilni Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon etilganligi munosabati bilan yil davomida bu borada qilinajak ishlar konsepsiyasini tayyorlash […]

Maktablarda amaliyot oʻtayotgan talabalarning darslardagi ishtiroki oʻrganilmoqda

Xabar berganimizdek, Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga asosan Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi I.Zaynutdinov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi A.Merzayev va boʻlim mutaxassilari tomonidan universitet talabalarining umumtaʼlim maktabalarida 4+2 dasturi asosida amaliyot olib borilayotganligi oʻrganilmoqda. Jumladan, yaqinda Navoiy shahridagi 3-umumtaʼlim maktabida talabalarning amaliyot vaqtida darslarga qatnashishi, talabalar olgan nazariy bilimlarini […]

Sibir federal universiteti o‘qituvchilari talabalariga ilmiy-amaliy mashg’ulot o‘tib berishdi

Rossiya Federatsiyasi Sibir davlat universiteti professori I.A.Kovalyov boshchiligida professor-o‘qituvchilari “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi” hamda “Fizika va astronomiya” kafedrasi talabalariga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarini olib borishdi. “Avvalambor institutingizga UNIVERSITET maqomi berilganligi bilan qizg‘in tabriklayman. Jamoangiz professor-o‘qituvchilari ilm-fan ravnaqiga hissa qo‘shib, bugungi davr talabiga munosib kadrlarni tayyorlayotganliklari, talabalar bilan olib borayotgan mashg‘ulotlarim davomida sezilib turdi. Diqqat […]

Universitet professor-o‘qituvchilari M.Auezov nomidagi Janubiiy Qozog’iston davlat universitetida akademik ma’ruza o‘qishdi

Navoiy davlat universiteti Qozog‘istonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan uzoq yillik hamkorlik qilib kelmoqda va rasmiy memorandumlar imzolagan. Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti shular jumlasidandir. Joriy yilning 14-25 oktyabr kunlari xalqaro akademik mobillik doirasida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri f.f.d., prof. N. O. Safarova va  kafedra dosenti v.b. PhD N.K.Shamsutdinovalar Muxtor Auezov nomidagi Janubiiy Qozog’iston […]

BESH TASHABBUS AMALDA

  Ma’lumki, davlatimiz rahbari yoshlar orasida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shulardan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu borada yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil […]

TO‘GARAKLARGA YOSHLARINING QIZIQISHLARI KUNDAN-KUNGA ORTIB BORMOQDA

  Maktablarda o‘quvchilar bilan kasb tanlashga yo’llash bo‘yicha ishlar olib borish jarayonida ularni zamonaviy ishlab chiqarish poletexnik asoslari, fan-texnika taraqqiyoti davrida sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanish istiqbollari, ishchi va xizmatchilarning mehnat faoliyati mazmunidagi tegishli o‘zgarishlar bilan tanishtirish hamda ana shu masalalarni ishlab chiqarish muhitida aniqlashtirib berish lozim bo‘ladi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalari […]

Profilaktik uchrashuv Matematika-informatika fakultetida davom etdi

Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi xodimlari tomonidan fakultetlarda profilaktik suhbatlar, uchrashuvlar, chellenjlar o‘tkazilmoqda. Matematika-informatika fakulteti talabalari bilan olib borilgan profilaktik tadbirda, “BIZNING OLIYGOHDA KORRUPSIYAGA O’RIN YO’Q” shiori ostida chellenj o’tkazilib, bo‘lim faoliyati haqida qisqacha axborot berildi. Shuningdek, talabalardan korrupsiyani oldini olish, institutda ta’lim sifatini o’rganish maqsadida anonim so’rov olindi. […]

“Institut malikasi” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-qizlari o‘rtasida “Institut malikasi» tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov 3 bosqichli shart asosida tashkil etildi. 1-shart: “Bu menman”. 2-shart: Tezkor savol-javoblar (1 daqiqada). 3-shart: Erkin mavzu. 8 nafar qizlar ishtirok etgan shartlada, 1-o‘rinni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Umarova Ruhshona, 2-o‘rinni Tibbiyot fakulteti talabasi […]