loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida iqtidorli talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy konferensiya anjuman tashkil etildi. Anjumanni institut rektori, professor Bahodir Sobirov ochib berdi. Anjuman 3  ta sho‘baga bo‘lingan holda davom etdi.  1-sho‘ba – Ijtimoyi gumanitar fan sohasi, 2- sho‘ba — Aniq va tabiiy fanlar sohasi, 3-sho‘ba — Pedagogik va innovasion ta’lim texnologiyalari sohasi.

       

Har bir sho‘ba yo‘nalishlar bo‘yicha professor-o‘qituvchi, talaba va magistrantlar tomonidan ma’ruzalar qilindi. Jumladan, “Yoshlarning ilmiy va innovasion g’oyalari uchinchi renessans poydevori” — NavDPI ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor, “Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning innovasiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni»— Feruz To‘xtaev, “Ta’limning audio-video formatli axborot ta’minotini yaratishda amaliy dasturiy vositalarning o‘rni” — Ikromov Muxammadyusuf, “Yoshlar o‘rtasida turizmni rivojlantirishning yangi innovasion texnologiyalardan foydalanish” — Qobilov Olimboy, “Ko‘zi ojizlar uchun intensiv audiokitoblar” shu va boshqa mavzularda ma’ruzalar qilindi.