loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YANGI O’ZBEKISTON – MAKTAB OSTONASIDAN, TA’LIM-TARBIYA TIZIMIDAN BOSHLANADI

  «Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi» mavzusida Navoiy davlat pedagogika instituti “Fizika va texnologik ta’lim” fakultetida, kunduzgi va sirqi ta’lim talabalari o’rtasida “Besh tashabbus biz bilan” tadbirlari tashkil etildi. Yoshlarning kelajakdagi orzulari, maqsadlari va qiziqishlari, davlatimizning yoshlarga oid siyosati, amalga oshirilayotgan muhim jarayonlar, bosqichlar va tuzilmalar haqida hayotiy misollar va turli sahna ko’rinishlar asosida besh tashabbusning barcha yo’nalishlari mohirlik bilan ko’rsatib berildi. Tajribali ustozlarning kasbiga bo’lgan munosabati, fidoyilik tushunchalari va motivasiya beradigan hayotiy tajribalarini yoshlar maroq bilan eshitishdi. Shuningdek yoshlar hayotida o’z yechimini kutayotgan masalalar ham tadbir kun tartibidan o’rin oldi. “Oxirgi yillarida yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratildi.
Ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashda pedagog-tarbiyachilarning kasbiy mahorati muhim o’rin tutadi. Xususan, Prezidentimizning ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o’tkazilgan uchrashuvdagi ma’ruzasida pedagoglarning saviyasini, mavqe’ini oshirish, ta’lim-tarbiya tizimini kompleks rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar. Bugungi tadbir xalq ta’limi tizimida pedagoglarning kasbiy va ma’naviy saviyasini yanada yuksaltirish borasida NavDPI tomonidan amaliy ishlar olib borilayotganligidan darak beradi…” dedi “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri SH.Ochilov.