loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yangi O‘zbekiston konstitutsiyaviy islohotlar arafasida” mavzusida davra suhbati

  Maʼlumki, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish allaqachon boshlab yuborilgan. Bugun mana shu demokratik yangilanish jarayonlariga yangicha ruh va shiddat berish, islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish zarurligi barchamizga ayon. 2022-yil 10-yanvarda Navoiy davlat pedagogika instituti bilan “Davlat feldegerlik xizmati Navoiy shahar bo’limi” o‘rtasida tuzilgan o’quv shartnomasiga asosan 2022-yil 29-avgust kuni  institutning “Milliy g‘oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti Raxmatov Murod G‘aybullayevich  “Davlat feldegerlik xizmati Navoiy shahar bo‘limi” xodimlariga “Yangi O‘zbekiston konstitutsiyaviy islohotlar arafasida” mavzusida davra suhbati tashkil qilib, maʼnaviyat va maʼrifat dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Unda bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, jarayonda xalqimiz tomonidan berilayotgan takliflar toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi. Maʼrifat darsi davomida tinglovchilarning mavzuga oid savollariga javoblar berildi.