loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yangi Oʻzbekiston rivojlanishida — talaba qizlarning oʻrni va roli” mavzusida davra suhbati

  Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekiston rivojlanishida — talaba qizlarning oʻrni va roli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirni Navoiy davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori X. Qurbonov ochib, Yangi Oʻzbekistonda xotin-qizlarga berilayotgan eʼtibor, ijtimoiy-siyosiy sohalarda ayollarning rolini oshirish uchun olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida fikrlarni bildirdi.

Tadbir Navoiy viloyat prokuraturasi masʼul xodimi, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Musulmonlar idorasi viloyat boʻlimi masʼul xodimlari hamkorligida tashkil etildi.

— Oliy taʼlim muassasasida xotin-qizlar odob-axloq qoidalarini amaldagi ijrosi va suitsid holatlari toʻgʻrisida institut psixologi D.Abduraimova fikrlarini bayon qildi.
Shuningdek, Xotin-qizlarni qonuniy huquqlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohatlar, Yosh qizlarni erta turmushga berishni va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni oldini olish, Xotin-qizlarning bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga boʻlgan munosabati toʻgʻrisida maʼruzalar qilindi.