loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muhiddin Kalonov rahbarligida 2024/2025 oʻquv yilini munosib kutib olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, dekan muovinlari hamda profilaktika inspektori ishtirok etdi. Yigʻilish avvalida institut rektori Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi tomonidan berilgan topshiriqlar va vazifalarni ishtirokchilarga yetkazdi. Soʻng kun tartibidagi masalalarga toʻhtalib, mutassadilarga koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalariga alohida eʻtibor qaratildi. Xususan, oʻquv-amaliyot xonalari, kutubxona, ARMlarni tayyorgarlik holati, talabalar bilan ishlashning samarali mexanizmlaridan foydalanish, maʻnaviy-maʻrifiy muhitni yaxshilash yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, yotoqxonalarni tayyorlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, shu bilan birga, taʻlim sifatiga jiddiy eʻtibor qaratish, ilmiy salohiyatni oshirish kabi turli masalalar muhokama qilindi. Bu boʻyicha masʻul rahbarlarga tegishli topshiriqlar belgilandi.

”Institutning o‘quv-uslubiy boshqarmasi yangicha formatda professor-oʻqituvchilar hamda talabalarga yordam ko‘rsatadi”, — dedi institut rektori.

Shuningdek, talabalar oʻrtasida rektor kubogi, hokim kubogi sport musobaqalarini oʻtkazish, sportchilar, adabiyot namoyondalari va boshqa soha vakillari – mashhur insonlar bilan turli uchrashuvlarni tashkil etish, oʻquv yili yakunida oʻqituvchilar oʻrtasida “eng yaxshi oʻqituvchi” tanlovini oʻtkazish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

“Oʻqituvchi talabaga koʻzgu boʻlishi kerak, – deb taʼkidlandi yigʻilishda.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilar yangi pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga bilim berishi, institutda “Ustoz-shogird” anʼanasini davom ettirish masalasi alohida qayd etildi. Taʼlim sifatini oshirish maqsadida endilikda ilmiy salohiyatlari oʻqituvchilar tanlov asosida ishga qabul qilinishi taʼkidlandi.

Yigʻilish soʻnggida fakultet dekanlarining hisobotlari eshitildi.