Navoiy davlat pedagogika institutida yangi oʻquv yilini munosib kutib olish, talabalarga yetarli sharoitlarni yaratib berish maqsadida bugun institut rektori, professor Muxiddin Kalonov fakultet dekanlari va boʻlim boshliqlari bilan yangi oʻquv yiligan munosib tayyorgarlik koʻrish hamda ijro intizomi holati boʻyicha navbatdagi yigʻilishni olib bordi.
Kun tartibida koʻrilgan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Yigʻilishda ijro intizomi sust olib borilayotganligi tanqid qilindi.
Institut huzuridagi Akademik litsey hamda Navbahor koʻp tarmoqli texnikuminng moddiy texnik bazasi, binosi va obodonlashtirish masalalari tanqid qilindi.
“Taʼlim berish boʻyicha Respublikada ikkinchi oʻrinda turadigan litseyning shiftidan suv oqadi. Vaholanki, litsey hisobida yetarlicha pul mablagʻlari bor”. Ushbu kamchilikni tezda bartaraf etish boʻyicha xoʻjalik boʻlimi boshligʻiga topshiriq berildi.
Tabiiy fanlar fakulteti hududidan yangi laboratoriya xonasini ochish taklifi qoʻllab-quvvatlandi.
Institutning Navoiy shahri “Ibn Sino” koʻchasi 45-uyda joylashgan bosh binosi bilan Navoiy shahri “Navoiy” koʻchasida joylashgan Xorijiy tillar fakultetida quriqlash tizimi joriy qilinadi. Bu boʻyicha prorektorlarga hamda “Komplayens nazorat” boʻlimiga ishlarni yakunlash topshirildi.
Shuningdek, har bir fakultetda kutubxona tashkil qilish, ishga joylashtirish masalalari ham koʻrilib, bajaralishi kerak boʻlgan turli masalalar muhokama etildi.