Is gazi atmosfera havosiga barcha turdagi yonish jarayonlarida ajralib chiqadi. Is gazi qondagi gemoglobin bilan faol bog‘lanib, karboksigemoglobin hosil qiladi va to‘qimalarga kislorod tashishni bloklab qo‘yadi, bu esa gemik turdagi gipoksiyaga olib keladi. Shuningdek oksidlanish reaktsiyalariga aralashib, to‘qimalarda biokimyoviy muvozanatni buzadi. Is gazi— bitta uglerod va bitta kislorod atomlaridan tashkil topgan gaz bo‘lib, rangsiz, ta’m va hidga ega bo‘lmagan, normal sharoitda havodan yengilroq hisoblanadigan birikma bo‘lib, o‘ta zaharli sanaladi. Chala yonish jarayonida ajralib chiqadi. Kimyoviy formulasi — CO. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari bilan Navoiy shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida yuqoridagi va boshqa ma’lumotlar asosida suhbatlar o‘tkazildi. “Fuqarolar muhofazasi – umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo‘lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, halq хo‘jaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi asosan: bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilishdan iborat”- deydi tadbir jarayonida Navoiy shahar favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D.Suyunov.