Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi. Yuqoridagi qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Mikrokreditbank Navoiy viloyati filiali xodimlari, NavDPI Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarida talabalar bilan mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib borib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.