loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

16 nafar talaba Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida bepul o‘qitiladi

Mamlakat kelajagi barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan insonlarga bog’liq. Shu bois mamlakatimizda aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022-yil 4-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishida jamiyatdagi, ta’limdagi juda dolzarb masalalarga alohida urg’u berildi. Jumladan,ularga sifatli ta’lim berish, hayotini yaxshilash, eng muhimi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ish bilan ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti, viloyat “Oqila ayollar” harakati, viloyat “Qizlarjon” klubi hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan joriy yilning 29-oktabr kuni Navoiy xotin-qizlar tadbirkorlik markaziga “BIZNES SAYOHAT” loyihasi o‘tkazildi. Loyihada Navoiy davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talaba qizlarini kasb-hunarlarga o‘qitish hamda ishga joylashtirishga ko‘maklashish, o‘zlari ishlash istagini bildirgan yo‘nalishlarini tanlab olishlari uchun takliflar berildi.
Quvonarlisi shundaki, shu kunning o‘zida 16 nafar talaba-qizlar Navoiy viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan “Tikuvchilik ”, “Kompyuter savodxonligi”, “Ingliz tili”, “Rus tili”, “Milliy hunarmandchilik” yo‘nalishlardagi bepul o‘quv kurslarga qabul qilindi.