2-sonli talabalar turar joyida Nasiba Tursunova, yotoqxona komendanti va pedagogi bilan birgalikda talabalarni kitobga qiziqishlari hamda bo’sh vaqtlarini talabalar qanday o’tkazayotganligi bilan qiziqtilar. Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakultetida tyutorlar faoliyatini tekshirish va taklif mulohazalar berish yuzasidan Komissiya tarkibi: rektor maslahatchisi N.Tursunova, psixolog D.Abduraimova, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi G.Ochilovalar tomonidan oʻrganib chiqildi, aniqlangan kamchiliklar va yutuqlari qayd etildi. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining doktorantlari hamda iqtidorli talabalari bilan suhbatlashildi. Yosh pedagoglarga ilm-ma’rifat, tadqiqot bosqichlari yuzasidan maslahatlar berildi.