Navoiy davlat pedagogika institutida NavDPI va NavDKTU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarining 2023-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda dastlab NavDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova so‘zga chiqib, profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng o‘tgan yil davomida talabalar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik holati haqida axborot berildi. Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi vakillari qatnashdi.