Navoiy davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik bo’yicha ilmiy-tadqiqot va o’quv-metodik ishlar amalga oshirib borilmoqda. Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining tajribalari va salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Rossiya Federasiyasi, Yevropa va Osiyo davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutiga xalqaro hamkorlik aloqalari asosida joriy yilda quyidagi professor-o`qituvchilar dars mashg`ulotlarini olib bordi .
Aliaksei Radzuik Belarus Respublikasi Polosk davlat universiteti Gumanitar fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari nomzod, dotsent 2023-yil 20-yanvarda institutning “Tarix” fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi talabalariga 12 soatlik seminar dars mashg`ulotlarini olib bordi.
Irina Barklay AQSh, Shimoliy Karolina shtati Apolachi universiteti Filologiya fanlari nomzodi 15-16-may kunlari “Rus va qozoq filologiyasi” fakulteti talabalriga 12 soatlik Rus tilining amaliy funksional grammatikasi fanidan 701150l – Ona tili vа adabiyoti (Rus tili vа adabiyoti) magistratura mutaxassisligiga dars mashg`ulotlari olib bordi.
2023-yilning 10-24-may kunlari M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent Spanov Meyrxan Jantayevich, katta o’qituvchi Yesimova Anarkul Elmuratovna, katta o’qituvchi PhD Tankish Nazira Polatovna, f.f.n., dotsent Jiyenbekova Aynur Abdraxmanovna institut talabalariga Markaziy Osiyo xalqlari maʼnaviy-falsafiy merosi nomli tanlov fani boʻyicha ilmiy maʼruzalar oʻqish hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasida 72 soatlik ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini oʻtashdi.
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti biologiya fanlari nomzodi dotsent, Yelena Erastovna Severova 2023-yil 22-26-may kunlari “Tabiiy fanlar ” fakultetida Botanika fanidan 14 soatlik dars mashg`ulotlari olib bordi va institut talabalari bilan uchrashuvlar o`tkazdi.
M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti biologiya fanlari nomzodi Ibragimov Talgat Saduakasovich 2023-yil 15-18-may kunlari “Tabiiy fanlar ” fakulteti “Biologiya qo`shimcha tabiiy fanlar” yo`nalishi kunduzgi ta’lim 2-kurs qozoq guruhi talabalariga 14 soatlik maruza mashg`ulotlarini olib bordi.
Qozon federal universiteti “Umumiy fizika” kafedrasi dotsenti, f-m,f-n, Garnayeva Guzel “Fizika va astronomiya” ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabalariga 12 soatlik qo`shma dastur asosida ma’ruza va laboratoriya darslarini tashkil etib, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdi.
M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti ”Pedagogika va tabiiy fanlar” Oliy maktabi f-m,f-n, dotsent Oranbayev Asilbek Boysiutuli 2023-yil 15-16-may kunlari Texnologik ta’lim yo`nalishi talabalariga 12 soat “Muqobil energiya turlari” fanidan ma’ruza darslarini tashkil etdi.
M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti ”Pedagogika va tabiiy fanlar” Oliy maktabi p.f.n. Tursinbayev Abay Zakirovich 2023-yil 11-may kuni “Fizika va astronomiya ta’lim yo`nalishi” talabalariga 12 soat ma’ruza va amaliyot darslarini qiziqarli olib bordi.
Xalqaro hamkorlik ishlarini yangi o`quv yilida ham samarali tashkil etish uchun institutda aniq reja asosida ishlar tashil etilishi yuzasidan xorijiy hamkot tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.
Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.
O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.