Navoiy davlat pedagogika institutida “Iqtidorli yoshlar — intellektual, ijodiy elita yaratishning kafolati: akademik mobillik va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Anjumanda yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalari, shuningdek Keniya, Ruminiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa bir qator mamlakatlar hamda nufuzli universitetlar olimlari ishtirok etib, mavzuning dolzarb masalalari muhokama qilindi va uning ilmiy-amaliy yechimlari boʻyicha takliflar qabul qilindi.
Konferensiyaga 100 ga yaqin oliy oʻquv yurtlaridan 800 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi.