Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan “Milliy qadriyatlar dialektologik atlasi — tarixni oʻrganishda muhim manba” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiyada qardosh Ozarbayjon Respublikasi Nasimiy nomidagi Tilshunoslik institutining filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xadicha Xaydarova, institut ilmiy izlanuvchisi Sevinch Safarova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalaridan Baxtiyor Mengliyev, Juliboy Eltazarov, Murodqosim Abdiyev, Atoullo Ahmedov kabi olimlar offlayn formatda, shuningdek, onlayn formatda Turkiy davlatlardan olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy soha vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman ishida Oʻzbekiston-Ozarbayjon taʼlim tizimini integratsiyalashuvi, hamkorligi, taʼlimdagi muammo va ularning yechimlariga qaratilgan ilmiy qarashlar muhokoma qilindi. Jumladan, “Borligimiz va birligimiz ramzi”, “N.F. Katanovʼun derlemelerindeki materyal verilerinin değerlendirilmesi” (Turkiya), “Dialektologiya va areal lingvistika”, “Tillar globallashuvi va oʻzbek tili amalda boʻlishining ayrim jihatlari”, “ Izohli lugʻatlarda dialektal lisonıy birliklarning berilishi va tavsiflanishi masalasi xususida”, “Umumlisoniy sistema termini xususida”, “Areal lingvistikaning metodologik va metodik asoslari”, “Oʻzbek tilshunosligida “Qadriyat” mazmuniy maydonining mikrosistemalari”, “Milliy qadriyatlar dialektologik atlasi – tarixni oʻrganishda muhim manba” mavzularda maʼruzalar qilindi.
Konferensiya shoʻbalarga boʻlingan holda davom etdi.