loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xalqaro anjumanda raqamlashtirishning global masalalari va ularning yechimlari haqida ilmiy mulohazalar qilindi

  Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti tashabbusi bilan “Taʼlimda zamonaviy raqamli texnologiyalar: muammo va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Mazkur anjuman ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etilishining dolzarb masalalari, muammo va yechimlariga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Konferensiyada ta’limni raqamlashtirishning global masalalarini ijobiy hal etishning nazariy jihatlari ko‘rsatib berildi. Ushbu masalalarni muhokama etishda anjumanda bir qator davlatlarning, jumladan Malayziya, Rossiya, Belorussiya, Polsha, shu bilan bir qatorda Respublikamizning yetakchi oliy o‘quv yurtlari mutaxassis olimlari o‘z ilmiy nazariyalari va qarashlari bilan faol ishtirok etishdi. Jumladan, “Virtual laboratoriya ishlarini yaratish usullari haqida”, “Роль языков программирования в повышении профессиональной подготовленности студентов в условиях цифровизации”, “Oʻquv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodologiyasi”, “Pedagogik dasturiy vositalarning amaliy samaradorligi”, “Tа’limdа mobil texnologiyаlаrdаn foydаlаnish imkoniyаtlаri”, “Prospects of using technologies of biometric identification in education” shu va boshqa qator mavzularda mutaxassislarning fikrlari, mulohazalari eshitildi.