Avval xabar berganimizdek, 2-7 dekabr kunlari Navoiy davlat pedagogika institutining xotin- qizlari o’rtasida 8-dekabr — Konstitutsiya qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ”Sogʻlom muhit, sogʻlom raqobat“ shiori ostida sportning Voleybol turi bo’yicha musoboqa o’tkazildi.
Institut bo’yicha barcha professor- o’qituvchilar va tyutorlar hamda ARM, Ma’naviyat boʻlimi kabi 11 jamoa oʻzaro bellashib, yakuniy (final) bosqichi bo’lib o’tdi. Natijalarga ko’ra, 1-oʻrinni Tabiiy fanlar fakulteti, 2-oʻrinni Oʻzbek tili va adabiyoti, 3-oʻrinni Jismoniy madaniyat hamda Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakultetlari qo’lga kiritdi.