loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Viloyat hokimligida yangi rektor tanishtirildi

Bugun Navoiy viloyati hokimiligi binosida viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy davlat pedagogika institutiga yangi tayinlangan rektor Kalonov Muxiddin Baxritdinovichni korxona va tashkilot rahbarlariga tanishtirib, masʼuliyatli lavozimida muvaffaqiyat tilab, oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi. Shu bilan birga, ilmiy salohiyatni koʻtarish, bunyodkorlik, fan-taʼlim sohalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Shuningdek korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ham soʻz olib, institut rektori, professor M.Kalonovni institut rivoji uchun kuch-quvvat, sogʻlik salomatlik, omad tilashdi.