loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldi

Jarayonda Navoiy shahri Mahmud Tarobiy ko‘chasida joylashgan institut o‘quv binosidagi laboratoriya va o‘quv auditoriyalari bilan tanishdi. Shu hududda joylashgan 450 o‘rinli 1-sonli hamda 100 o‘rinli 4-sonli talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, talabalar yotoq joylari hamda yoshlar bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun tashkil etilgan “Tashabbuslar xonasi” o‘rganildi.

Shuningdek, viloyat rahbari Axborot-resurs markazi fondi bilan ham tanishib, bu yerni zamonaviy, barcha zarur o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi qayd etildi va o‘zining bir qator takliflarini berdi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Axborot-resurs markazi 700 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilarga, 20 000 nafardan ziyod talabalarga, 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 200 nafardan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi yirik universal ilmiy kutubxona hisoblanadi. ARMning umumiy fondi 127000 mingdan ziyod bosma nashr mahsulotlaridan iborat bo‘lib, shundan 43200 donasi darslik o‘quv qo‘llanmalari, 49300 donadan ko‘prog‘i badiiy adabiyotlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 20 mingdan dan ziyod audio va elektron adabiyotlar fondi mavjud.